21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,6 °C

Xavfsizlik
13 Mart  2019 1328

Rembrandt Van Reyn qalamiga mansub asar Madaniyat vazirligiga topshirildi

Bosh prokuratura tomonidan 27-may 2014-yilda Yakkasaroy tumani IIB TB tomonidan K.Y. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 170-moddasi (aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan surishtiruv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

Tergov tomonidan aniqlanishicha, 28.08.2008-yili fuqaro A.P. o‘z tanishi bo‘lgan K.Y.ga rassom Rembrandt Van Reynning muallifligidagi asarni 50 ming AQSh dollariga sotganligi va u o‘z navbatida tanishi bo‘lgan R.F. orqali asarni respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketganligi aniqlandi.

2014-2018-yillar davrida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi va javobgarlikka tortish muddati tugaganligi sabali jinoyat ishi bir necha marta to‘xtatilgan va tugatilgan.

Shundan keyin, fuqaro A.P. qabul qilingan qarorlardan noroziligi xaqida Bosh prokuror nomiga ariza bilan murojaat qildi.

Bosh prokuror topshirig‘ig‘a asosan ushbu jinoyat ishi Toshkent shahar IIB Tergov bo‘limidan talab qilib olindi va 04.06.2018-yili Bosh prokuraturaning o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasining ish yurituviga berildi.

O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan 14.06.2018-yilda o‘tkazilgan tezkor-tergov tadbirlar natijasida ushbu jinoyat ishi fosh etilib, Rembrandtning mualliflik ishi topildi.

Tergov natijalariga ko‘ra, K.Y. va R.F. Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) va 238-moddasining 2-qismi (yolg‘on guvohlik berish) bilan ayblanuvchi sifatida jalb qilindi va 14.09.2018-yildagi jinoyat ishi ayblov dalolatnomasi bilan sudga yuborildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining 2018-yil 21-noyabrdagi hukmiga ko‘ra, K.Y. va R.F. aybdor deb topildi, asar esa davlat daromadiga o‘tkazildi. Rembrandta Van Reynning mualliflik ishi maxsus komissiya a'zolari ishtirokida tegishli protsessual tartibda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining mas'ul xodimlariga taqdim etildi, deyiladi xabarda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech