23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,9 °C

Bilasizmi?
24 Mart  2019 1671

Eng bahaybat tirannozavr 30 yil yashagan

Olimlar 1991-yilda topilgan mazkur dinozavrni Skotti, deya nomlashgan. Biroq bizning kunlardagina uni o‘rganish ishlari yakuniga yetdi.

Kanadaning Alberta universiteti tadqiqotchilari «The Anatomical Record» jurnalida o‘z tadqiqotlarini e’lon qilishdi. Maqolada ushbu topilmaning turdoshlari ichida eng bahaybati bo‘lgani ham e’tirof etilgan.

Ushbu tadqiqotning yetakchi mualliflaridan biri Skott Persons uni «rekslarning reksi», deya nomladi. Uning keltirishicha, bir xil dinozavrlar boshqalaridan uzunroq, boshqalari esa yirikroq va kuchliroq bo‘ladi. Skotti esa, aynan, ikkinchi toifaga kiritildi, deya xabar tarqatdi naked-science.ru.

Ushbu bahaybat dinozavrning suyaklari 1991-yilda Saskachevan provinsiyasidan topilgan. Qoldiqlar yotgan qumloq (ushbu qatlamning yoshi 66-71 millionga teng) shu darajada qattiq va zich ediki, suyaklarni ajratib olishning o‘ziga o‘n yildan ziyodroq vaqt ketgan. Barcha qoldiqlar kavlab olingach, olimlar uning xususiyatlarini o‘rgana boshladilar.

Masalan, ulkan go‘shtxo‘r yirtqichlar sirasiga kiruvchi Skottining oyoq o‘lchamlariga qarab, 8,8 tonnadan ziyod vaznga ega bo‘lgan, degan xulosaga kelish mumkin. Bundan tashqari, olimlar u eng uzoq yashagan dinozavr, degan fikrni ham ilgari surishdi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, topilgan dinozavr o‘lganda yoshi 30 lar atrofida bo‘lgan ekan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech