21 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Dolzarb
13 Mart  2019 3619

Eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi

O‘zbekiston poytaxti yashash uchun qulay shaharlar ichida 201-o‘rinni egalladi.

 

Bu haqda «Mercer» konsalting kompaniyasi xabar qiladi.

Qatorasiga o‘ninchi marta Vena shahri birinchi o‘rinni zabt etmoqda, Syurix – ikkinchi, uchinchi o‘rinda – Vankuver. Yetakchilar orasida esa Myunxen, Oklend, Dyusseldorf, Frankfurt, Kopengagen, Jeneva va Bazel shaharlari ham bor.

Moskva – 167, Bishkek – 211, Almati – 181-o‘rinda.

Ro‘yxatga esa jami 231 ta shahar kiritilgan, uni Bag‘dod shahri yakunlab beradi. Ekspertlar yashash uchun eng qulay shaharlar ro‘yxatini turmush sharoitlari, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tavsiflar, transport, taomlar, maishiy tovarlar va ko‘ngilochar joylar sifati, iqlim, ijtimoiy-madaniy muhit, ta'lim va tibbiyot darajasini hisobga olib baholagan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech