19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,6 °C

Mamlakatimizda
19 Iyun  2019 1068

Ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan hududlar ma'lum qilindi

2019-yilning birinchi choragida mamlakatda ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 9,7 foiz darajasida qayd etilgandi.

Yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish mamlakatimizda ustuvor vazifalardan biri hisoblanib, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Matbuot anjumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiev ommaviy axborot vositalari vakillarini ushbu jarayonning oraliq natijalari bo‘yicha raqamlar bilan tanishtirdi.

Respublikaning mehnatga layoqatli aholisi 18 mln. 954 ming kishini, ish bilan band bo‘lganlari soni esa 13 mln. 376 mingni tashkil etadi. So‘nggi raqam bir yil ichida 1,3 foizga o‘sdi. Shu bilan birga iqtisodiyotning rasmiy sektorida 5 mln. 403 ming o‘zbekistonlik aholi band (o‘sish 3,4 foizni tashkil etdi). Rasmiy bandlik ulushi 40,5 foizni tashkil etadi. Norasmiy sektorda 7 mln. 964 ming kishi ishlaydi (jami ish bilan bandlarning 59,5 foizi). Yana 2 mln. 365,4 ming fuqaro chet elda ishlamoqda.

30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasidagi ishsizlik darajasi ancha yuqoriligi qayd etilgan - 15,3 foiz, ayollar - 13 foiz.

Umuman, respublikada 1 mln. 391,1 ming kishi ishga joylashishga muhtoj. Ishsizlikning eng yuqori darajasi Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatiladi.

Qayd etilishicha, mahalliy mehnat organlari faoliyatiga yangicha yondashuvlar natijasida joriy yilning besh oyi ichida murojaat qilgan shaxslar soni 1,2 barobarga, ya'ni 271 mingdan 329 ming nafarga ko‘paygan. Shunga ko‘ra, ish bilan band bo‘lganlar soni 1,3 barobarga, ya'ni 96,7 dan 130,1 ming nafarga oshdi.

Mehnat mutaxassisliklari bo‘yicha ta'lim olganlar soni 2,5 barobarga, ishsizlik nafaqasi oluvchilar esa yetti barobarga ko‘paydi.

Vazirlik ma'lumotida keltirilishicha, 110 ming kishi haq to‘lanadigan jamoat ishlariga, xususan, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida bajariladigan ishlarga yo‘naltirilgan. Shuningdek, «Har bir oila – tadbirkor», «Yoshlar - kelajagimiz» dasturlari doirasida hamda Prezidentimizning 2019 yil 7 martdagi «Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 180,9 mingdan ortiq kishi ish bilan ta'minlandi.

Shuningdek, joriy yildan boshlab mehnat bozorida Prezidentimizning 2019-yil 5-martdagi «2019-yilda aholi bandligini ta'minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasi mexanizmi joriy etilgani qayd etildi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech