24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

Sanoat
8 Yanvar  2019 2158

Import mahsulotlarga tenglashish – mag‘lubiyat!

Elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Alisher Abdullaev, shunday deb hisoblaydi. Jurnalistlar uchun tashkillashtirilgan brifingda u yana qanday fikrlar bildirdi?

2019-yil 4-yanvarda Prezidentimiz tomonidan «Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»ga qarorning qabul qilinishi natijasida «O‘zeltexsanoat» AK bazasida O‘zbekiston Elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi. Ayrim mutaxassislar buni lobbistlar manfaatining qisman g‘olib kelishi, deb nomlashdi ham.

– Hujjatni ishlash jarayonida elektrotexnika tarmog‘i har tomonlama o‘rganildi. Sohada importning sezilarli hissasi bo‘lishini hisobga olgan holda biz ichki bozor talablarini qondirishga mo‘ljal olishimiz mumkin edi. Ammo bandlik bilan ta’minlashni qamrab olish uchun bu kamlik qiladi. 27 yil tez o‘tib ketdi, bundan keyingi 20-30 yil ham shunday tez o‘tadi-ketadi. Shu bois bunga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish kerak. Yaponiya, Koreya Respublikasi, Vetnam tajribalaridan ko‘rinadiki, tarmoqni rivojlantirish va yuzlab, minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish eksportga bog‘liq.

Elektrotexnika sanoatinning mamlakatimiz YAIMdagi hissasi 1,5 foizga teng, Janubiy Koreyada esa u 15 foizni tashkil etadi. Muammolar orasida xomashyo bazasining cheklangani yuzaga qalqib chiqadi: alyuminiy va boshqa ko‘p turdagi polimerlarning yo‘qligi.

Ko‘pgina davlatlarda mazkur sohada mamlakatning o‘zi eksportni imtiyozlar berish va yetkazib berish xarajatlarini qoplash yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, Rossiyada noxomashyo eksporti uchun subsidiya va kompensatsiyalar ajratiladi. Bunda mamlakatning o‘zi Jahon savdo tashkiloti (JST) tarkibiga kiradi. Kelgusida ana shunday mexanizmlarni ham o‘rganib chiqishimiz lozim.

Qo‘llab-quvvatlashning samarali usullaridan biri – 15 foizlik eksport hajmiga chiqqan ishlab chiqaruvchilarga soliq imtiyozlarini taqdim etishdir. Bu Prezidentimizning 2018-yil 29-noyabrdari «Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida belgilab qo‘yilgan.

Biz ichki bozorni himoya qilishimiz kerak, aks holda yangi ish o‘rinlari xorijda paydo bo‘lib, odamlar pul ishlash uchun chet davlatlarga chiqib ketadilar. Maqsadimiz xorijiy mahsulotlar bilan raqobatlashish emas, balki ichki bozorda ishlab chiqaruvchilarni ko‘paytirish, raqobat uchun muhit yaratishdir. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar ko‘paysa, iste’molchi yutadi. Import mahsulotlarga tenglashish – mag‘lubiyat yo‘lidir. Negaki, Xitoy, Koreya Respublikasi kabi davlatlar bizni 20-40 yilga ortda qoldirgan. Qarorning bosh g‘oyasi – eksport hajmini oshirishdir.

«O‘zeltexsanoat» AK tarmoq kompaniyalari ustav jamg‘armalarida ulushlariga ega davlat korxonasi hisoblanardi. Hozirda ular kelgusida sotish uchun davlat hisobiga o‘tkazilmoqda. Ishlab chiqaruvchilar uchun ana shunday yo‘l bilan teng shart-sharoit yaratiladi.

Tovar (ish va xizmatlar)ga davlat xaridi doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tender, tanlov asosida saralab olishda narxlarga 20 foizgacha preferensiyalar berishni tatbiq etishni nazarda tutadigan davlat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi qaror munozaralarga sabab bo‘ldi. Bu bir qarashda mahalliy mahsulotni haddan ziyod qo‘llab-quvvatlashday tuyuladi. Aslida bizning maishiy texnikamizga 20 foizlik QQS solinsa, olib kiriladiganida bu nolga teng. Shu sabab ushbu mexanizm o‘yin shartlarini tenglashtiradi, xolos.

Muhammad Qarshiboev.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech