20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,2 °C

Xavfsizlik
8 Noyabr  2019 473

Quyi Chirchiqda ikki avtobus ishtirokida YTH yuz berdi

Bugun, 8-noyabr kuni soat 07:15 lar atrofida Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan “Aziya Mebel” tekstil fabrikasiga ketayotgan, "Oqqo‘rg‘on-Quyi Chirchiq-Yangiyo‘l" yo‘nalishida harakatlanayotgan "Isuzi" rusumli avtobus mahalliy aholidan iborat ishchilarni Toshkent shahridagi korxonalardan biriga olib ketayotgan avtobusni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

 

Jabrlangan yo‘lovchilar Quyi Chirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlari markaziy kasalxonalariga joylashtirilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ularning yaqinlariga xabar berilgan.

Yo‘lovchilarning 1 nafari ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech