24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

investitsiyalar
19 Fevral  2019 1440

Quvayt kompaniyasi Qashqadaryoga investitsiya kiritmoqchi

Qashqadaryo viloyatiga Quvayt davlatining “Al-bader international development co.w.ll” ko‘p tarmoqli xalqaro kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

 

Quvaytning ushbu nufuzli kompaniyasi rahbariyati Qashqadaryo viloyatini investitsiyaviy faoliyat yuritish uchun maqbul hudud sifatida tanlagan.

Aytish joizki, ushbu kompaniya Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika davlatlarida mehmonxona, uy-joy va boshqa qurilishlar, tibbiyot komplekslari, zamonaviy informatsion texnologiyalar ishlab chiqarish, turizm va boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatadi.

Delegatsiya vakillari viloyat hokimligining ko‘plab investitsion loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Uchrashuvdan so‘ng viloyat hokimi Zafar Ro‘ziev va kompaniya bosh ijrochi direktori Doktor Ali Ramadon Mahmud  bilan kelajakda viloyatda investitsion loyihalarni amaliyotga tadbiq etish borasida ikki tomonlama muzokaralar olib bordi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech