20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Salomatlik
2 Aprel  2019 864

Quvalik uch egizak Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratida

Farg‘ona viloyati, Quva tumani, Akbarobod qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Odina Jumayeva uch egizak farzandni dunyoga keltirgani haqida ommaviy axborot vositalarida xabar tarqalgandi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, uch egizak farzandlarning tibbiy nazorati 80-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri Ilhom Umaraliyev hamda patronaj hamshirasi Mahliyo Yangiboyeva tomonidan muntazam olib borilmoqda.

Yaqinda Quva tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Sotvoldiyev, birlashma boshlig‘ining o‘rinbosari D.Ibragimova hamda qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri I.Umaraliyev Odina Jumayeva xonadoniga tashrif buyurib, chaqaloqlarning umumiy holatini yana bir bor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Bundan tashqari, egizaklarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga olib borish uchun yo‘llanma berildi.

Shunga ko‘ra, kecha, 1-aprel kuni Odina Jumayeva egizak farzandlari bilan tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan ajratilgan tez tibbiy yordam mashinasida viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga olib borilgan. Markazda bosh shifokor Sh.Qo‘chqorov boshchiligida pediatr, kardiolog, nevrolog, kardioxirurg, ortoped, reanimatolog hamda UTT shifokorlari tomonidan egizaklar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, egizaklarning kattasi Iqboljon va kenjasi Imronjonlarning ahvoli qoniqarli. O‘rtanchasi Islomjonda esa  kardiologik xastalik mavjudligi aniqlanib, kerakli tibbiy muolajalar o‘tkazilgan. Ayni paytda uning sog‘lig‘i yaxshilanib bormoqda.

Egizaklar hozirda umumiy amaliyot shifokori, kardiolog hamda patronoj hamshirasi tomonidan doimiy nazoratga olingan, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech