15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Harbiy
6 Noyabr  2019 333

Qurolli Kuchlar akademiyasiga Fransiya delegatsiyasi tashrif buyurdi

Fransiya Qurolli Kuchlari delegatsiyasi Fransiyada harbiy kadrlarni tayyorlash tizimi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurdi, deb xabar qiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Qurolli Kuchlar akademiyasida ofitser va professor-o‘qituvchilar ishtirokida  ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama ishchi uchrashuvning asosiy vazifalari harbiy kadrlarni tayyorlash, ularning malaka darajasini oshirish, favqulodda holatlarda jangovar tayyorgarlik, muammolarini hal qilishda umum nuqtai nazar yondoshuvlarini aniqlashdan iborat.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Fransiyadagi oliy va o‘rta harbiy ta'lim muassasalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Fransiya Saint SYR harbiy oliy ta'lim maktabining 3-kurs kichik leytenanti Liza Griffe tomonidan harbiy maktab haqida taqdimot qo‘yildi.

– Harbiy maktabimizda yuqori bosqich leytenantlari akademik ta'lim olishlari uchun biror davlatni tanlashlari kerak, – deydi Fransiya Saint SYR harbiy oliy ta'lim maktabining 3-kurs kichik leytenanti Liza Griffe. – Men O‘zbekistonni tanladim. Chunki Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi mamlakat. Bu yerning tarixiy shaharlari, mehmondo‘st xalqi doim o‘ziga rom yetib kelgan. Men ilmiy ishimda aynan Amir Temur davlatchiligini o‘rganyapman. Bu esa O‘zbekistonga bo‘lgan hayratimni yanada oshirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech