18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,8 °C

Mamlakatimizda
22 Aprel  2019 684

Qozog‘istondagi avtohalokatda jabrlangan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

Avval xabar berganimizdek, 2019-yilning 20-aprel kuni soat 05:09da Qozog‘iston Respublikasi Jambul oblasti Korday rayonidan o‘tuvchi “Chimkent-Olmaota” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining 181-kilometrida, salonida 49 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchragan.

Favqulodda vaziyat oqibatida vafot etganlarning 3 nafari, jabrlanganlarning 13 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ekanligini aytib o‘tgandik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev topshirig‘iga asosan, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va boshqa idoralar mutaxassislaridan iborat Hukumat komissiyasi tuzilib, Komissiya a'zolari shu kunning o‘zida yo‘l-transport hodisasida jabrlanganlarga yordam berish, ularni O‘zbekistonga olib kelish hamda favqulodda vaziyatning ro‘y berish sabablarini o‘rganish uchun voqyea joyiga maxsus bortda uchib ketishdi.

Bortida yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlangan fuqarolar bo‘lgan maxsus bort 21 aprel kuni soat 04:40 da Toshkentda qo‘nib, 13 nafar jabrlangan fuqarolar zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga joylashtirildi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati. Yo‘l-transport hodisasida vafot etgan fuqarolar ham bugun vataniga olib kelindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech