16 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3 °C

Xalqaro munosabatlar
14 Noyabr  2019 564

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Bugun, 14-noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik A.A. Tashpulatov va Qozog‘iston ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik A.R. Zapparov raisligida O‘zbekiston-Qozog‘iston Idoralararo muvofiqlashtirish ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda davomida ikki mamlakat bo‘linmalarining terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda ma'lumot almashish bo‘yicha faoliyatning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyati sohasida O‘zbekiston va Qozog‘iston ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi, deb xabar qiladi mamlakatimiz IIV matbuot xizmati.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat chegara oldi ichki ishlar organlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Protokol, shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan birgalikdagi tezkor-profilaktika chora-tadbirlari Rejasini imzoladilar.

Tashrif doirasida Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekistonda huquqni muhofaza qilish sohasida olib borilayotgan islohotlar, xususan Toshkent va Samarqand shaharlari ichki ishlar bosh boshqarmalarining jamoat xavfsizligini ta'minlash, jinoyatchilikning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek turizm xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha yangilangan bo‘linmalari bilan tanishishdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech