11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,5 °C

Xalqaro munosabatlar
21 Noyabr  2019 451

Qo‘shma deklaratsiya va muhim bitimlar imzolandi

Sharm-el-Shayx (Misr) shahrida Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XeI)ning 2019 yilgi butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK-19) bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Xalqaro elektraloqa ittifoqi bosh kotibi Houlin Chjao bilan  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.

Xalqaro elektraloqa Ittifoqi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, bir nechta loyihalrni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. It-Park huzurida  «Yosh avlodning robototexnik markazi»ni tashkil etish shular jumlasidandir.

Shu bilan birga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Xalqaro elektraloqa Ittifoqi o‘rtasida grantlar hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish uchun qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama manfaatli va istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tegishli ishlarni  olib borishga kelishildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech