21 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,8 °C

Xavfsizlik
9 Noyabr  2019 407

Qo‘rg‘ontepada qalbaki tavsiyanoma bilan imtiyozli kredit olgan tadbirkor aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, yakka tartibdagi tadbirkor T.X. imtiyozli kredit olish maqsadida noqonuniy ishga qo‘l o‘rdi, deb xabar qiladi bosh prokuratura matbuot xizmati.

 

Tadbirkor tuman xotin-qizlar ko‘mitasi tomonidan berilishi lozim bo‘lgan tavsiyanomani qalbakilashtirib, ushbu tavsiyanomani “Xalq banki”ning Qo‘rg‘ontepa filialiga taqdim etib, 200 mln. so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini olishga erishganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning tegishli modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech