26 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,9 °C

Bo‘sh vaqtda
6 Aprel  2019 1322

Tadbirkorlar qora rangli muzqaymoq ishlab chiqarmoqchi

Bu tashabbusni iste'molchilar qanday qabul qildi? Bugun bir ish boshlashdan oldin hatto tadbirkorlar ham ijtimoiy tarmoqlarda aholi fikrini o‘rganyapti.

Feysbukdagi bir fikr e'tiborimni tortdi. Unda qora rangli muzqaymoq ishlab chiqarilsa, iste'molchilar buni qanday qabul qilishi uchun fikr bildirilishi so‘ralgan.

Quyida ba'zi fikrlarni keltiramiz:

Jalol Qaraboyev: Chet elda ko‘mir qo‘shilganligi uchun tanani toksinlardan tozalaydi deb sokdan tortib, pitssa, burger va muzqaymoqqacha aralashtirib qora brend qilib sotiladi.

Qaldirg‘och Isroilova: Rangi qora xolos. Mazasi bir xil. Ko‘rmasdan yesangiz oddiy mazali muzqaymok yeyapman deb o‘ylaysiz.

Naful Xayrullaevna: Yo‘q. Chunki  rangi  juda ko‘p. O‘g‘limga oberganimda bir tishlamdan keyin  tashlattirgandim, tili  qop-qora  bo‘lib qogandi.

Guli Xudoyberdiyeva: Bizning  magazinimizda bor, obkeltirgandik ketmayapti.

Ulug‘bek Abdullayev: Rangini alohida quyib berish kerak. Qulupnay qo‘shsin (aralashtirsin) kivi, apelsin (murabbolarini)... Yoki ixtiro qilmoqchi bo‘lsa, oldin sanepidemstansiyadan sertifikat olib qilsin. Zaharlanishi mumkin odamlar.

Dilobar Erkinzoda: Maxsus, mazali muzqaymoq bu. Yevropada ancha mashhur. Lakritsa muzqaymog‘i deyiladi. Asosan kattalar iste'mol qilishadi. Sababi dorivor giyohlardan tayyorlanadi.

Abu Turob: Bunga faollashtirilgan ko‘mir qo‘shilganiyam bo‘ladi. Bruklinda yeganman, qora mantilariyam bo‘ladi xamirga qo‘shishadi.

Zulfiya Ro‘ziyeva: Nomi bilan muzqaymoq  muz rangi esa oq  bo‘lganligi sababli oq  rang yoki ochiq  ranglar bo‘lsin, lekin qora emas.

Ro‘zimuhammad Abdusalomov: Rangining farqi yo‘q. Mazali va beziyon bo‘lsa bo‘ldi.

Mulohazalar har xil. Mingga yaqin foydalanuvchi bu fikrni ko‘rgan, munosabat bildirgan. Uning rangining yuqib qolishi ko‘plab noroziliklarni  keltirib chiqargan. Bu muzqaymoq yurtimizda sinab ko‘rilgan. Ammo hali ko‘pchilik buni qabul qila olgani yo‘q.

Ko‘ramiz, kuzatamiz, fikr mulohazalarni tinglaymiz.

Bu bugun tadbirkorlar uchun ham muhim.

Barno Meliqulova

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech