13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,3 °C

Energetika
22 Avgust  2019 671

Energetika vazirligi tizimida qonunbuzarlarga chora ko‘rilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi quyi tashkilotlarida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish borasida tegishli ishlarni amalga oshirmoqda.

Vazirlik matbuot xizmatining ma'lumotiga ko‘ra, 2019-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, dastlabki hisob-kitoblar bo‘yicha 1,9 mlrd. so‘m zarar yetkazilganlik holati bo‘yicha energetika tizimidagi quyi tashkilotlar ishchilariga nisbatan prokuratura tomonidan 25 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «talon-taroj qilish», «firibgarlik», «elektr, issiqlik energiyasi, gaz va suv tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish»,«mansab vakolatini suiiste'mol qilish», «soxtalashtirish» va boshqa moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.

Energetika tizimidagi quyi tashkilotlarning aybdor shaxslariga nisbatan ozodlikdan mahrum etish (3 kishi), axloq tuzatish ishlari (2 kishi), jarima (1 kishi) va boshqa jazo choralari tayinlandi.

Hozirgi vaqtda yetkazilgan zarardan 116,3 mln so‘mi energetika tizimidagi quyi tashkilotlarning hisob-raqamlariga qaytarilgan.

Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 21,1 mln so‘m miqdorida zarar yetkazganlik holati bo‘yicha Zirabuloq magistral gaz tarmog‘i boshqarmasining 2 nafar xodimiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech