
Xavfsizlik
21
Noyabr 2019
731
Qibraydagi bog‘chada 180,4 mln. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari talon-toroj qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda 25-sonli bolalar bog‘chasida oziq-ovqat mahsulotlarini talon-toroj qilish holati aniqlandi, deb xabar qiladi bosh prokuratura matbuot xizmati.
Ma'lum bo‘lishicha, 25-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining xo‘jalik mudirasi G.R. tomonidan 2018-2019-yillarda jami 180,4 mln. so‘mlik go‘sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qibray tumani 25-sonli MTM xo‘jalik ishlari mudirasi G.R.ga nisbatan JKning 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.