16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,6 °C

Ijtimoiy hayot
19 Iyul  2019 629

Poytaxtdan oqib o‘tuvchi kanalda qayiqlarda sayr qilish maskani ochiladi

Joriy yilning 21 iyulidan “Bo‘zsuv” kanalining Minor masjidiga tutash hududda Venetsiya usulidagi qayiqlarda sayr qilish maskani ochiladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Xabaringiz bor, o‘tgan davr mobaynida mazkur hududda obodonlashtirish ishlari olib borilib, kanal atrofi tozalandi, qirg‘oq bo‘ylari mustahkamlandi. Aholi dam olishi, madaniy hordiq chiqarishi uchun talab etilgan sharoitlar yaratildi. Jumladan, o‘rindiqlar, yoritgichlar o‘rnatildi, bepul WiFi hudud tashkil etildi.

Shuningdek, tadbirkor tomonidan 4 ta 4 kishilik “Gondola” qayiqlari hamda 1 ta 8 kishilik motorli sayr qayig‘i olib kelindi.

Endi ushbu maskan yurtdoshlarimiz va shahrimiz mehmonlari suv bo‘yida maroqli hordiq chiqarishlari uchun xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech