11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,3 °C

Xavfsizlik
14 Avgust  2019 584

O‘g‘irlikning yangi turi, Qashqadaryoda “uddaburon”lar elektr hisoblagichga chip o‘rnatishdi

“O‘zenergoinspeksiya”ning Qashqadaryo hududiy bo‘limi va Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining qo‘shma ish rejasiga asosan hududlarda iste'molchilarning elektr energiyasidan foydalanish qoidalari bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda. 

O‘rganishlar mobaynida Qarshi tumanidagi iste'molchi “Islom Muxtor Hamkor” MChJ tomonidan elektr energiyasidan foydalanishda “iinovatsion” o‘g‘irlik turi aniqlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati. 

Iste'molchi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish maqsadida hisoblagichning ichki qismiga maxsus qurilma (chip) o‘rnatgani, ushbu qurilma pult orqali boshqarilib, qurilma ishga tushirilgan vaqtda elektr hisoblagich oqib o‘tayotgan elektr energiyasini hisobga olmasligi aniqlandi.

Ushbu xolat bo‘yicha Qashkadaryo viloyati Majburiy Ijro Byurosi tomonidan qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi va iste'molchi elektr tarmog‘idan uzildi.

“O‘zenergoinspeksiya”ning Qashqadaryo hududiy bo‘limi mutaxassisi xulosasi asosida Qarshi tuman elektr ta'minoti korxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xuzuridagi Majburiy Ijro Byurosi Qashkadaryo viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan iste'molchi “Islom Muxtor Xamkor” MChJ ushbu qoidabuzarlik bo‘yicha 124 222 250 so‘m jarimaga tortildi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech