25 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,7 °C

Mamlakatimizda
5 Dekabr  2019 625

Qashqadaryoda iste'molchidan 521 ming so‘m asossiz penya undirilgan

Qarshi tuman Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga “Istiqlol” MFY,  “Akish”  qishlog‘ida yashovchi Normamat Xo‘jaqulov  ariza bilan murojat qildi, deb xabar qiladi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari fediratsiyasi matbuot xizmati.

Ma'lum bo‘lishicha, N.Xo‘jaqulov tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirib borishiga qaramasdan Qarshi tumangaz uchastkasi xodimlari tomonidan asossiz 521 000  so‘m penya undirilganligidan norozi bo‘lib, ushbu holatga aniqlik kiritib berishni so‘rab murojaat qilgan,

Murojaat  yuzasidan Qarshi tuman  Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan  vakolat doirasida  o‘rganilib,  to‘plangan  barcha xujjatlar asosida  iste'mochi N.Xujaqulovning  qonuniy manfaatini ko‘zlab Qarshi tumanlararo  fuqarolik sudiga da'vo arizasi kiritilgan.

Qarshi tumanlararo  fuqarolik sudining 2019-yil 26-noyabr kunidagi hal qiluv qaroriga  asosan  iste'molchi N.Xujaqulovning  foydasiga  javobgarlar Qashqadaryo Gaz ta'minot  hududiy filiali  va Qarshi tuman  gaz uchastkasining hisobidan  noqonuniy tartibda asossiz undirilgan 521 000 so‘m penyani qaytarib undirish majburiyati yuklatilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech