19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Harbiy
21 Iyun  2019 886

Qarshi tumanida osmon ostidagi ochiq muzey tashkil etildi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi Xonobod harbiy aerodromi 10329-sonli harbiy qism tashkil etilganligining 70 yilligi munosabati bilan mazkur harbiy qism yubiley tadbiri tashkil qilindi.

Tadbir davomida harbiy aerodromda besh turdagi samolyotlar va markazda uchuvchining ramziy haykali joy olgan musaffo osmon ostidagi ochiq muzeyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Shuningdek, viloyatning o‘ziga xos jihatlari aks ettirilgan ko‘rgazmalar va kitob yarmarkalari tashkil etildi.

Qarshi shahri yaqinida joylashgan ushbu aerodromda harbiy xizmatchilar tomonidan amaliy parvoz mashqlari o‘tkazilib, mashg‘ulotlarda mahoratli uchuvchilar amaliy ko‘nikmasini mustahkamlab, milliy armiyamiz jangovar shayligi va qudratini oshirishga hamda samo sarhadlarimiz musaffoligini ta'minlashga doim jangovor shay ekanligini isbotlashdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech