18 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,1 °C

Mamlakatimizda
10 May  2019 631

Qanday holatlarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi?

Hukumat qarori (386-son, 08.05.2019 y.) bilan Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bo‘yicha veterinariya-sanitariya norma va qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Hujjatga muvofiq, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallangan transportlar poli, idishlari silliq va mahsulot xususiyatlariga hamda sog‘liqqa ta'sir qilmaydigan materiallardan tayyorlangan bo‘lishi, tozalash va dezinfeksiya qilish uchun qulay bo‘lishi kerak.

Sutning harorati qayta ishlash joyigacha tashish paytida va qayta ishlash boshlanishigacha 8°С bo‘lishi kerak.

Sut sisternalari har safar sutdan bo‘shatilganidan so‘ng yuvilishi va dezinfeksiyalanishi lozim.

Baliq ishlab chiqarish ob'ektlarida suv o‘tkazmaydigan, tozalash, dezinfeksiya qilish, suv oqib chiqishi uchun qulay pol qoplamalari, suv oqib chiqishini ta'minlovchi qurilmalar bo‘lishi shart.

Baliqchilik mahsulotlari toza sovutilgan suvda kema bortida uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatda saqlanadi.

Quyidagi holatlarda go‘sht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi:

- so‘yilishi ixtisoslashtirilgan va mini so‘yish korxonalarida amalga oshirilmagan bo‘lsa;

- belgilanmagan transport vositalarida yetkazib berilgan bo‘lsa;

- veterinariya hujjatlari bo‘lmasa;

- ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasining F-200 shakldagi ma'lumotnomasi bo‘lmasa;

- veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi bo‘lmasa;

- oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga bo‘lsa, parrandalarning patlari yulinmagan bo‘lsa;

- xona yoki ko‘cha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qo‘yilgan bo‘lsa;

- veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan go‘shtlarning yagona elektron bazasiga kiritilmagan bo‘lsa.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech