17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,5 °C

Xavfsizlik
10 Aprel  2019 1168

Qalbaki AQSh dollarlar tezda fosh bo‘ldi

Bosh prokuratura Departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi IIB xodimlari bilan hamkorlikda bank tomonidan berilgan xabarga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB «Agrobank» Oltiariq filiali valyuta ayirboshlash shoxobchasiga fuqaro X.X. tomonidan almashtirish uchun taqdim etilgan 200 AQSh dollari qalbaki ekanligi aniqlangan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

 

Tekshirish jarayonida fuqaro X.X.da qalbaki 50 dollarlik kupyuralardan iborat 100 dona, jami 5000 AQSh dollari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Shuningdek, X.X. ushbu qalbaki dollarlarni fuqaro X.T.dan olganligini ma'lum qilgan.

O‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu qalbaki AQSh dollarlari kompyuter vositasida rangli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech