20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,4 °C

Bilasizmi?
22 May  2019 630

Tu-134 endi parvoz qilmaydi

Ushbu markadagi yo‘lovchi samolyoti o‘z parvozlarini yakunlaydi va ular zamonaviy muqobillariga o‘rnini bo‘shatib beradi.

«Alrosa» aviakompaniyasining Yakutiyaning Mirniy shahridan uchgan Tu-134 samolyoti Novosibirskdagi Tolmachevo aeroportida muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu aeroport saytining onlayn-tablosidan ham aks etgan. Samolyotda 72 yo‘lovchi bo‘lgan, deya xabar beradi TASS.

Ta'kidlanishicha, mazkur parvoz kompaniyaning ushbu markadagi samolyotdan muntazam qatnovlarda foydalanilgan oxirgi holat bo‘ldi. Bundan tashqari, samolyotning Tolmachevo aeroportidagi muzeyga o‘tkazilishi aytilmoqda.

** Tu-134 eng katta va ommalashgan yo‘lovchi samolyotlaridan biri hisoblanadi. Tupolev nomidagi TKBda 1960-yillarda ishlab chiqilgan. 1963-yilda birinchi parvozni amalga oshirgan. 20 yil davomida ana shu modeldagi samolyotlardan 854 tasi seriyali ishlab chiqarilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech