24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

Sanoat
18 Dekabr  2018 1714

Har bir bo‘sh turgan ob’ektga alohida yondashuv

Davlatimiz rahbarining joriy yil 4-sentyabrdagi “Ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida o‘tkazilgan xatlovlar natijasida respublikamizda 48 ming 150 ta bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan ob’ektlar mavjudligi aniqlandi.

Bu borada  Toshkent (7488), Samarqand (6287) va Farg‘ona (6250) viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Davlat raqobat qo‘mitasida “Foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari: tahlillar, imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusida o‘tkazilgan forumda bu haqda aytib o‘tildi. 

 Ta’kidlanishicha, idoralararo komissiyalar tomonidan har bir ob’ektga individual yondashuv asosida mulkdorlar bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda. Muzokaralar natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish hisobiga ayni paytda 15 ming 205 ta investitsiya loyihalari ishlab chiqilib, 2019-2020-yillarda ularni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihalarni amalga oshirish orqali hududlarga 11 trillion so‘mdan ortiq investitsiyalar jalb qilinadi. Bu esa 40 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. 

Shuni ham aytish lozimki, joriy yilning o‘tgan davrida 4254 ta loyiha ishga tushirilib, 15 ming ish o‘rni yaratildi.

O‘z axborotimiz

Suratda: bino oldin va hozir. Toshkentning Bektemir tumanidagi bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonida kalava yigirish loyihasi.

Davlat raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati surati

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech