19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,2 °C

Hukumat
27 Aprel  2019 2883

Prezident Xitoyga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etish uchun 24-27-aprel kunlari amaliy tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ldi.

 

Davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuvida mamlakatlarimiz hamkorligining yangi istiqbollari belgilab olindi.

Shuningdek, Belarus Respublikasi Prezidenti, Tojikiston Respublikasi Prezidenti, Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. 

Prezidentimiz “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtirok etib, nutq so‘zladi, mintaqaviy hamkorlik uchun dolzarb ahamiyatga ega qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech