20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,4 °C

Hukumat
21 Yanvar  2019 1828

Prezident Shavkat Mirziyoyev Myunxen shahriga keldi

Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif Germaniya Federativ Respublikasida boʻlib turibdi. 

Oliy darajadagi uchrashuvlarning asosiy tadbirlari 21 yanvar kuni Berlindagi Belvyu saroyida boʻlib oʻtdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kansler Angela Merkel va Bundistag Raisi Volfgang Shoybe bilan muzokaralar oʻtkazdi. 

Kuning ikkinchi yarmida Oʻzbekiston Prezidenti Berlindan Myunxen shahriga keldi. Tashrif dasturiga muvofiq davlatimiz rahbari 22 yanvar kuni Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning yetakchi ishbilarmon va moliyaviy doiralari vakillari bilan uchrashishi koʻzda tutilgan. 

Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun ajratilgan qarorgoh oldida Prezident Shavkat Mirziyoyevni keng jamoatchilik vakillari kutib oldi. Davlatimiz rahbari Bavariyada oʻqiyotgan, ishlayotgan oʻzbekistonlik yoshlar bilan suhbatlashdi. 

– Germaniyaga tashrif davomida juda katta kelishuvlarga erishildi. Sizlar bu yerda oʻqib, zamonaviy bilimlarni egallab, Oʻzbekistonning yanada taraqqiy etishiga oʻz hissangizni qoʻshasizlar, deb oʻylayman. Yaqin yillarda Vatanimiz ham dunyoning eng rivojlangan davlatlari safiga kirishiga ishonaman, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Oʻz navbatida yoshlar ham davlatimiz rahbariga Oʻzbekistonda olib borilayotgan ulkan oʻzgarishlar, yoshlar dunyoning istalgan mamlakatida zamonaviy bilim olishi uchun yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi. 

OʻzA.
Myunxen.
 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech