16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,4 °C

Hukumat
31 Avgust  2019 2284
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Prezident Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi

Davlatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari boshlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, ozodligimiz, yorug‘ kelajagimiz va pok niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar vakillari ham monument poyiga gullar qo‘ydi.

Mamlakatimiz tarixida yangi sahifa ochgan, xalqimiz uchun eng ulug‘, eng aziz ayyom bo‘lgan Mustaqillik bayramiga hamma joyda katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Poytaxtimizdagi tantanali tadbir bugun  “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech