24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,7 °C

Kеyingi avlod
14 Iyun  2019 676

Prezident maktablarida qaysi fanlar ingliz tilida o‘qitiladi?

Prezident maktablarida STEAM yo‘nalishidagi fanlar Cambridge University tashkiloti bilan birgalikda tuzilgan dastur asosida ingliz tilida olib boriladi.

Bularga:

Biologiya, kimyo, fizika, matematika, axborot texnologiyalari, tasviriy san'at, dizayn va texnologiya fanlari kiradi. 

Prezident maktablari maktab-internat shaklida tashkil etilayotganligini e'tiborga olib, o‘quvchilar darsdan tashqari o‘z ustilarida ishlab, qo‘shimcha ta'lim va tarbiya oladi.

Bunda: tabiiy va aniq fanlarni chuqur o‘rganish, turli xil amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etish, xorijiy tillarni o‘rganish, muhandislik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish kabi kelajak ko‘nikmalarni o‘rganishadi.

Bundan tashqari, Prezident maktablarida o‘quvchilar hafta davomida (dushanba-juma) maktab hududida qolib o‘qishlari talab etiladi. 

Barcha o‘quvchilar maktab hududida dushanbadan jumagacha kecha-kunduz bo‘ladi, dam olish kunlari esa ota-onalar farzandlarini uyga olib ketishlari mumkin (shu bilan birga o‘quvchilar maktab-internatda dam olish kunlari ham qolishlari mumkin).

Bunday tizim ta'limda samarali hisoblanadi, chunki bolalarga ular uchun yaratilgan rivojlanish muhitida doimiy ravishda bo‘lish imkonini beradi. Bolalar o‘z iste'dodlari va qobiliyatlarini maksimal darajada oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi, deya ma'lum qiladi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech