20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,4 °C

Hukumat
1 Iyun  2019 1333
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Prezident aholi murojaatlari asosida sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ohangaron shahri Davlat xizmatlari markazining yangi binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bugungi kunda Ohangaron shahrida 37 mingdan ortiq aholi yashaydi. Markazda jismoniy va yuridik shaxslarga 100 dan ziyod xizmatlar ko‘rsatilmoqda. 

Barcha sohalar rivojlangani sari xalqimizning davlat xizmatlariga ehtiyoji va talabi ortib bormoqda. Xususan, 2018-yil davomida markaz tomonidan jami 7 mingdan ziyod xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 6 mingdan ortdi.

Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida binoda bolalar maydonchasi, tibbiyot xonasi, kutubxona, oshxona, investorlar uchun maxsus xonalar hamda bepul Wi-Fi tashkil etilgan. 

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan ushbu markazda Bosh vazir qabulxonasi tashkil etildi.

Prezidentimiz aholi ko‘p murojaat qilayotgan masalalarni o‘rganib, shunga taalluqli sharoitlarni yaxshilash, talab etiladigan hujjatlarni kamaytirib borish zarurligini ta’kidladi. Davlat xizmatlari markazi tizimidan foydalangan holda mahalla idoralarida ham hujjatlar bilan ishlashni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech