16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,6 °C

Xavfsizlik
8 Oktyabr  2019 995

232 million so‘mlik noqonuniy dori vositalari fosh etildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar qiladi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Tadbir davomida, “Chinor” yo‘l patrul xizmati maskaniga kirib kelgan, fuqaro M.A. boshqaruvidagi  “ISUZU” rusumli yuk avtotransporti to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilganda, avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan qiymati 112,2 million so‘mlik 6600 dona “Tropikamid 10 mg.” va 120 million so‘mlik 8400 dona “REGAPEN 300 mg.” nomli dori vositalari borligi ma'lum bo‘ldi.

Olingan ashyoviy dalillarning umumiy qiymati 232,2 million so‘mni tashkil qilgan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech