16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,6 °C

Moliya
26 Aprel  2019 1299

Poytaxtimizda “Investor kuni” onlayn anjumani o‘tkazildi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan Freedom Finance investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi, Freedom Finance investitsiya kompaniyasining Qozog‘istondagi vakolatxonasi vakillari, xorijiy va mahalliy investorlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining 2019-yil 17-yanvardagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida O‘zsanoatqurilishbankda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bank kapitallashuv darajasini yuksaltirish, xalqaro kredit-moliya muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirgan holda investitsion xizmatlar jozibadorligini oshirish, bank-mijoz amaliyotlarini avtomatlashtirish, korporativ mijozlarga mo‘ljallangan innovatsion xizmatlarni rivojlantirish kuchaytirilmoqda.

Anjumanda bankning 2019-yil I choragi yakunlari bo‘yicha moliyaviy natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazilib, joriy faoliyati bo‘yicha so‘z yuritildi. Ta'kidlanishicha, bank ustav kapitali yil boshiga nisbatan 1,2 barobarga ortib, 2,1 trln. so‘m miqdorida shakllantirildi. Xalqaro talablarga muvofiq, Bankning asosiy ko‘rsatkichlari, ya’ni aktivlari rentabelligi – 1,3 foiz, kapitali rentabelligi esa 13 foizni tashkil etdi.

Tadbirda shuningdek, bankning tashqi iqtisodiy faoliyati, respublika fond bozoridagi faol ishtiroki bo‘yicha ham gapirib o‘tildi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech