22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,5 °C

Mamlakatimizda
19 Iyun  2019 771

Poytaxtdagi tadbirkorlarning muammolari o‘rganilmoqda

Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi tomonidan ishbilarmonlarning muammolari o‘rganilmoqda.

Bektemir, Mirobod, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etgan sayyor qabulda ma'lum qilinishicha, hozirda tadbirkorlarning ayrimlari faoliyatini kengaytirish uchun munosib maskan topish va joylashishda qiynalsa, boshqalari tayyor mahsulotlarini eksport qilishda, yana ba'zilari ishlab chiqarish uchun zarur qo‘shimcha va vositalarni olib kirishda qiynalmoqda.

Tadbirkorlar bilan muloqot qilishning amaliy va shaffof tizimini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan mazkur tadbirda biznes sub'ektlarining ko‘plab savollariga javob topildi, muammolari yechilishi uchun yo‘l ochildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech