12 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,3 °C

Mamlakatimizda
17 Iyun  2019 931

Poytaxtdagi bekatlarda elektron tablolar yana ishlay boshladi

“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahrining markaziy avtobus bekatlarida LED rusumli tablolar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi. 

Jamiyat matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, shuningdek, TashBus mobil dasturining qayta ishlangan versiyasi ham ishga tushirilmoqda. Endilikda dastur Android va iOS operatsion tizimlarida ham ishlaydi. Ushbu ilova kelgusi haftadan sinov tariqasida ishga tushiriladi. 

Elektron axborot tablosi 24 soat ishlaydi, avtobuslarni bekatlarga jadval bo‘yicha kelishi soat 6:00 dan 23:00 gacha ma'lumot taqdim etilib turadi. Shuningdek, tablodan avtobus yo‘nalish raqami, bekat nomi, o‘tayotgan yo‘nalishli avtobuslarni necha daqiqada kelishi, valyuta kursi, Toshkent shahridagi ob-havo bo‘yicha ma'lumotlarni bilib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, poytaxt bekatlarida tablolarni o‘rnatish 2016-yilning dekabrida boshlangandi. Ma'lum muddat davomida dastur va tablolar faoliyati to‘xtab qolib, yo‘lovchilar uchun noqulayliklar tug‘dirayotgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech