14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,9 °C

Tashvishli xabar
7 Noyabr  2018 1946

Maktab bilakdagi kuchni ko‘rsatadigan joy emas

Yoshlarning tajovuzkor xatti-harakatlariga nima turki beradi? Ijtimoiy tarmoqlarda psixologlarning ushbu masalaga bag‘ishlangan kattagina kitoblar, risolalar va qo‘llanmalar jamlanmasi topiladi, maslahatlar esa undanda ko‘p. Ammo hayotda ana shunday hodisaga duch kelib qolishsa o‘qituvchilar ham, ota-onalaru mutaxassislar ham taajjubda yelka qisishdan nariga o‘tolmay qoladi...

Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 236-maktabda 17-18 yoshlar atrofidagi 13 nafar o‘smir o‘qituvchisi bilan kelishmay qoldi. O‘n birinchi sinf o‘quvchilari bu yil maktabni tamomlashadi va bo‘lajak kasbini tanlashlari kerak bo‘ladi.

Ana shu masala bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda, uning ishtirokchilaridan tashqari, pedagoglar, maktab rahbariyati, «Istirohat» mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori ishtirok etdi. O‘smirlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi, yuzaga kelgan vaziyat sabablari aniqlandi. Ota-onalar va o‘qituvchilar bir ovozdan shu paytga qadar bolalarning o‘zini tutishi va xulqi namunali bo‘lganini, darslarda ham faol bo‘lishganini ta’kidladilar.

Bu kabi uchrashuv birinchi marta o‘tkazilayotgani yo‘q. Ungacha ham tuman hokimligi vakili, prokuror, maktablar direktorlari, ota-onalar va ziddiyatga aralashgan o‘smirlar ishtirokida suhbat ham bo‘lib o‘tgan.

Xorijiy ommaviy axborot vositalarida pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga kelgan, kaltaklash va kaltaklanishgacha borib yetgan ziddiyatlar yoritilgan yangiliklar juda ko‘p uchraydi. Bizning maktablar uchun, bu avvalo, kutilmagan holat bo‘ldi, deyish mumkin. Zero, o‘qituvchi so‘zi, ko‘p aytilganidek, mag‘rur jaranglaydi, shuningdek, bu mehnat va kasbga hurmatni talab qiladi. Endi-chi? O‘smirlar jazolanmasliklariga ishonchi komil bo‘lgan holda ko‘ngli tusagan ishni qilmoqda. Ushbu masalani birgalikda hal etish uchun ularning ota-onalari maktabga majlisga chaqirilganda, ularda farzandining muammosidan ham «zarurroq bo‘lgan»  ming bitta bahona topiladi. Natijada farzand muammolari bilan yakka o‘zi yuzma-yuz qoladi. Uning muammolarini muhokama qilish, ularga birgalikda yechim topishni esa hyech o‘ylamaydi. Bu xuddi tog‘dan qor yumalaganday muammo borgan sari kattalashib, chuqurlashib boraveradi.

Joriy yilning 2-noyabrida Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan kengashdan so‘ng ko‘pgina ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarda pedagog maqomi, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritila boshlandi. Unda kelgusida xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha belgilab olingan islohotlarni samarali amalga oshirishni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari maktablarning darsliklar bilan ta’minlanishi, o‘quv dasturlari sifati, o‘qituvchilarning bilim va malakasini oshirish bo‘yicha ishlar, kadrlar yetishmasligi kabi muammolarni aniq sanab o‘tdi.

Xo‘sh, bunday yangilik va o‘zgarishlardan so‘ng maktablarda ishlash istagini bildiruvchilar ko‘payadimi? Bo‘lib o‘tgan hodisa sabab, jahl ustida ishdan bo‘shatib yuborishlar bo‘lmasligini istardik, albatta. Bu yo‘lning foyda keltirmasligi aniq. Yosh avlodni tarbiyalashdagi bo‘shliqni bunday yo‘l bilan to‘ldirilmaslik lozim. O‘sib kelayotgan yosh avlod ota-ona, ustozlar va jamoatchilik institutlari vakillaridan ham katta e’tiborni talab etadi. Mazkur ta’lim muassasasida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham bu haqda so‘z bordi. O‘quvchilarga esa maktab o‘z jismoniy kuchini namoyish qiladigan joy emasligini hyech qachon unutmasligi kerakligi tushuntirildi.

Anna Arsen’yeva

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech