20 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,8 °C

Xalqaro munosabatlar
23 Avgust  2019 576

Kuzgi yig‘ilish Minskda bo‘ladi

MDH hukumat rahbarlari kengashining kuzgi majlisi kun tartibi loyihasini 28-avgust kuni Belarus poytaxtida Hamdo‘stlik ijroiya qo‘mitasida shakllantirish rejalashtirilgan.

BELTA xabar berganidek, hujjat ustida MDHga a'zo davlatlarning vakolatli vakillari Kengashi a'zolari ishtirok etadi.

Hukumat rahbarlarining tor tarkibda 28-oktyabr kuni MDH formatidagi o‘zaro iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishlari rejalashtirilgan. Jamiyatni raqamli rivojlantirish sohasidagi hamkorlik konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi tadbirlar rejasi hamda axborot xavfsizligini ta'minlash strategiyasi o‘sha kungi keng ko‘lamli uchrashuvda muloqot mavzusiga aylanadi. Hukumat rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqiladigan hujjatlar bloki MDH organlari faoliyatini moliyaviy ta'minlash masalalariga ham bag‘ishlanadi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech