11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,3 °C

Energetika
16 Iyul  2019 1270

O‘zbekistondan Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi sezilarli oshdi

Joriy yil boshidan buyon tojikistonlik iste'molchilarga O‘zbekistondan 8,7 mln. dollardan ortiq qiymatdagi qariyb 70 million kubometr tabiiy gaz yetkazib berildi.

Bu haqda «Tojiktransgaz» OAJ boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Shavkat Shoimzodaning ma'lumotiga tayangan Tojikiston «Asia-Plus» media-guruhi shunday xabar tarqatdi.

O‘zbek tabiiy gazi olti yillik tanaffusdan so‘ng Tojikistonga o‘tgan yilning aprel oyi boshidan yetkazib berila boshlandi. 2018-yilda O‘zbekistondan 54 million kubometr «zangori olov» import qilingan.

Shoimzodaning aytishicha, ayni paytda o‘zbek gazining Tojikistondagi iste'molchilari asosan, sanoat korxonalari hisoblanadi. Ularning asosiy qismi tojik alyuminiy kompaniyasi bo‘lib, u yetkazib berilayotgan umumiy gazning 80 foizini tashkil etadi.

Shuningdek, poytaxt iste'molchilaridan tashqari, o‘zbek gazidan Dushanbe g‘arbidagi Hisor va Tursunzodadagi markaziy avtomagistral yaqinida joylashgan ba'zi kichik korxonalar foydalanadi.

Timur Kaysarov olgan surat.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech