20 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,6 °C

Ijtimoiy hayot
3 Aprel  2019 1014

Pora bilan qo‘lga tushgan shifokorni oqlayotganlar ham bor

Bugun yurtimizda internet jurnalistikasi ancha ildamlab ketdi. Hatto ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar ba’zi muammolarni ko‘taradiki, mutaxassislar chora ko‘rishga majbur bo‘ladi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bugun MY5 kanalida 600 ming so‘m pora olgan vrachni ko‘rsatishdi. To‘g‘ri, bu vrach aybdor! Oqlamayman. Nega har kecha tungi klublarda millonlab pullarini havoga sovurib yurgan odamlar qo‘lga tushmaydi? Ular haloldan pul topishayaptimi? Necha yuz minglab dollar pora olayotganlar nega qo‘lga tushmayapti? Korrupsiyaga qarshi xaqqoniy kurashayapmizmi? Yoki xaqiqiylarini yashirib, maydaroqlarini ko‘rsatib, ertaga kattaroq korrupsionerlarga yo‘l ochayapmizmi? Tushuna olmayapman! Bilganlar bormi? Tushuncha beringlar!” degan da’vatli fikr qoldirilgan.

Ayni fikrlash o‘zgarib, fuqarolar o‘z haq-huquqini talab qilayotgan bir vaqtda ularning o‘zi pora berish va olish yonginamizda, qarindoshlarimiz ichida ekanini anglashyaptimi? Balki o‘zimizning aybimizni, bu illatni rivojlantirishga xizmat qilayotganimizni bilmasak.

Farhod Bobojon: Ming so‘m o‘g‘irlagan o‘g‘ri, milliard o‘g‘irlagan ishning ko‘zini biladigan odam.

Bahrom Jumaboyev: Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ustidan nazorat qiluvchi kuchli bir mexanizm yaratish kerak.

Fikr bildiruvchilar orasida aniq manzilni ko‘rsatganlar ham bor. Nahotki ular ham shunday shifokorlarga duch kelgan bo‘lsa.

Umida Muzafarova: Eski Toshmiga, ayniqsa, xirurgiyasiga borib tekshirishsin 90% poraxo‘r doktorlar o‘sha yerda. Kuni kecha Qashqadaryodan kelib qandli diabet diagnozi bilan operatsiyaga yotgan bemorga bez bo‘lib bitta qo‘y tandir go‘shtini obkeltirishni buyurishdi. Obkeltirib berdi bemorning yaqinlari. Qarindoshimiz ham shu bemor yotgan palatada yotgan edi. Doktorlarning ochiqchasiga so‘rashini aytib berdi. Uyat.

Feruza Qodirova: Bizning oilamizda hyech qanday doktorlar yo‘q, lekin farzandlarim hali kichik yoshda bo‘lgani uchun ko‘p ishimiz tushadi. Shukur qilaman yaxshisi ham bor ular orasida.

Shifokorlarning oyligi kammi? Ularning ba'zilarida muomala madaniyati ham yo‘qligini ko‘rish mumkin.

Nodirbek Shamsiddin: Bechora doktorlarning oyligini ham inobatga olish kerak. 1,5 million so‘m ham olmasa kerak. Pora oldi deb ko‘rsatishdan oldin uning oyligini oshirib qo‘yish kerakmikin.

Madina Shukurova: Maoshi o‘ziga mos bo‘lsa va qonun ish bersagina, bu to‘xtaydi.

Aleksandr Adasov: Agar insonlarni o‘zi pora bermasa, sifatsiz davolayotgan vrachni savodsizligini bilib, yuqoriga yozsa va har bir inson o‘z huquqini talab qilsa, sud ham, boshqasida ham pora berish tushunchasi yo‘q bo‘lar edi. Hamma ayb o‘zimizda, o‘zimiz o‘rgatamiz.

Tibbiyotda ta’lim sifati qanday? Necha yillab ta'lim olgan shifokorga nisbatan layoqatsiz ekansiz deyilsa-chi?

Yakubbek Lutfullayev: Agarda do‘kondan bir buyum sotib olsangiz, bu sotib olgan buyumingiz yaxshi bo‘lmasa nima kilasiz? Xalqimiz ne-ne umidlar bilan, mablag‘ sarflab, bolalarini o‘qitishayapti, oxirgi natija yaxshi emasligiga kim javob beradi? Mukammal bo‘lmagan o‘qish sistemasiga kim javobgar?

Fikrlar turfa, qarashlar har xil. Ammo o‘zimiz biladigan, amal qilmayotgan bir haqiqat bor. Pora berayotgan o‘zimiz, poraxo‘rlar esa yaqinlarimizdir.

 

Barno Meliqulova

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech