13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,5 °C

Ijtimoiy hayot
7 Noyabr  2019 521

Xorijga chiqish pasportini hisobga turgan joydan olish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda

O‘zbekistonda xorijga chiqish pasportlarini nafaqat ro‘yxatda turgan joydan, balki amalda hisobda turgan joydan olishga ruxsat berilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu ma'lumot Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining loyihasida keltirilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti bergan tushuntirishga ko‘ra, ushbu yangilik respublikamizning boshqa hududlarida vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolar uchun qo‘shimcha qulaylik sifatida xizmat qiladi.

Rejalashtirilgan yangilik haqida batafsil:

Taklif etilayotgan tartibga ko‘ra,  fuqarolar xorijga chiqish pasportini olishda ma'lumotlar yig‘ish punktiga doimiy ro‘yxatga turgan yoki vaqtincha yashab turgan joyidan murojaat qila oladilar.

Bundan tashqari, yo‘qotilgan xorijga chiqish pasportini tiklashda ham fuqarolar ma'lumotlar yig‘ish punktiga doimiy ro‘yxatga turgan yoki vaqtincha yashab turgan joyidan murojaat qila oladilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech