24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,1 °C

Transport
13 Avgust  2019 610

Qo‘shni mamlakatga avtomobilda borish yanada osonlashdi

Tojikiston O‘zbekistondan transport vositalarining kirishiga sug‘urta boji stavkalarini kamaytirdi.

Endi mamlakatimiz fuqarolari o‘z avtomobillarining dvigatel hajmiga qarab 15-20 somoniy to‘laydi, deya xabar beradi «Tojiksug‘urta» DUK manbasiga tayangan «Asia Plus».

Ilgari o‘zbekistonliklardan Tojikistonga yengil avtomobilda borgani uchun 52 dollar miqdorida davlat sug‘urta boji undirilardi, bu O‘zbekiston tomonidan ilgari belgilangan stavkalar bilan deyarli teng.

O‘zbekiston iyun oyi o‘rtalarida Tojikiston avtomobillariga kirish stavkalarini pasaytirdi: 14 iyundan Tojikiston fuqarolari qo‘shni respublika hududiga o‘z mashinasida kirishi uchun taxminan 15-20 somoniy (1 somoniy - 929,99 so‘m) to‘laydilar.

 

«Asia-Plus» surati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech