14 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,8 °C

IT-xabarlar
15 Yanvar  2019 2275

Elektron bilet bilan muzeyga kirish qachon mumkin bo‘ladi?

2020-yilning 1-yanvaridan madaniyat va san’at muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalanib, Bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimi (BOYaET) joriy etiladi.

Bu Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-yanvardagi qarorida ham o‘z aksini topgan. Ushbu qaror davlatimiz rahbarining 2018-yil 26-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan «Yo‘l xaritasi» tadbiri doirasida qabul qilingan.

BOYaETni yaratish va ishga tushirishni Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi muvofiqlashtiradi. 2020-yilning 1-apreligacha internet-ekvayringni qo‘llagan holda xorijiy valyutada elektron biletlar xarid qilishning elektron to‘lovlari zamonaviy mexanizmi tatbiq etiladi.

Shuningdek, madaniyat va san’at tashkilotlarida Bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimi va bu jarayonlarda bilet sotishning avtomatik tizimidan foydalanmay ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar ham tasdiqlangan.

O‘z axborotimiz

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech