28 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,3 °C

Mamlakatimizda
13 Dekabr  2019 551

Plastik shakldagi kadastr pasporti joriy etiladi

“Ko‘chmas mulk ob'ekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (12.12.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga ko‘ra, plastik shaklda tayyorlanadigan ko‘chmas mulk ob'ekti kadastr pasportining yangi namunasi:

- Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida – 2020-yil 1-martdan boshlab;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda esa – 2020-2022-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.

2020-yil 1-martdan boshlab Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulk ob'ektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk ob'ektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga DXMlar orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech