22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -1 °C

Agrosеktor
2 Avgust  2019 868

Pillachilik tarmog‘ida rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra:

- 2022-yil 1-avgustgacha pillachilik korxonalariga 8 turdagi mahsulotlarni AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari va Turkiyaga eksport qilishda havo va temir yo‘llari transportida tashish xarajatlarining 50 % gacha miqdorini davlat byudjetidan kompensatsiya qilish uchun subsidiya beriladi;

- endilikda “O‘zbekipaksanoat” korxonalari tomonidan pilla yetishtiruvchi sub'ektlarga yetkazib berilgan ipak qurti urug‘i, pilla yetishtirish uchun zarur boshqa resurslar hamda tut ko‘chatlari qiymati tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti deb hisoblanmaydi;

- lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish, mineral o‘g‘itlar va boshqa material resurslarini yetkazib berish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari uchun nazarda tutilgan shartlar va tartib pillachilik korxonalariga ham tatbiq etiladi;

- 2020-yil 1-yanvardan tut daraxtlarini g‘ayriqonuniy kesganlik, shikastlaganlik yoki yo‘q qilganlik uchun undirilgan jarimaning 50 foizi huquqbuzarlik sodir bo‘lgan hududda yangi tut ko‘chatlari ekish uchun  yo‘naltiriladi;

- tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport ulushi 15 foizdan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar uchun  qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari 2021-yil 1-yanvarga qadar xom ipak va ipak momig‘i mahsulotlariga ham tatbiq etiladi;

- pilla yetishtirish, pilla yetishtiruvchilarga bo‘nak berish kabi ishlarni moliyalashtirishga 2019 – 2022-yillarda ajratiladigan bank kreditlari foiz  xarajatlari uchun Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya berish tartibi o‘rnatiladi.

Shuningdek, tirik pilla yetishtirish xizmati narxini 2020-yildan kamida 20 foizga, 2021-yildan yana kamida 10 foizga oshirish choralarini ko‘rish belgilandi.

 Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufida Farg‘ona, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida naslli ipak qurti urug‘i yetishtiruvchi muassasalar tashkil etildi.

2022-yil 1-avgustga qadar “O‘zbekipaksanoat” korxonalariga:

- ipak qurti urug‘larini “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsat berildi;

- olib chiqilishi natijasida tayyorlangan pillalarni respublika hududiga olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etishga oid imtiyoz berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech