16 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -3,6 °C

Energetika
14 Noyabr  2019 723

Respublikaning ayrim hududlarida elektr ta'minotida uzilishlar bo‘ladi

13-noyabrdan 16-noyabrga qadar respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi, deb xabar qiladi Energetika vzirligi matbuot xizmati.

“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi”ning 450 MVt quvvatga ega 2-sonli bug‘-gaz qurilmasi (BGQ) yoqilg‘i filtrlarini tozalash va boshqa nosozliklarni bartaraf etish uchun ta'mirga chiqarildi. Ushbu bug‘-gaz qurilmasini pudradchidan qabul qilishdan oldin yakuniy reglament bilan belgilangan ishlar va sinovlar o‘tkaziladi. Sinov jarayoni 16 noyabr kuniga qadar davom etishi kutilmoqda.

Ushbu bug‘-gaz qurilmasida Respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining taxminan 6 foizini tashkil etadi. Shuni inobatga olib, energotizim barqaror ishlashini ta'minlash maqsadida, shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste'mol balansini ta'minlash uchun ba'zi hududlarda elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech