12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,5 °C

Energetika
1 Noyabr  2019 368

Past toifadagi yoqilg‘ilardan bosqichma-bosqich voz kechiladi

30 oktyabr kuni Prezidentimizning “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonda ta'kidlanganidek, o‘tkazilgan tahlil natijalari atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat funksiyalarini amalga oshirishda kompleks yondashuv va strategik rejalashtirishning mavjud emasligi, shuningdek, qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarish uchun tabiatni muhofaza qilish organining vakolatlari yetarli emasligidan dalolat beradi.

Farmonga ko‘ra atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish, respublika aholi punktlarining sanitariya va ekologik holati uchun davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilab beridi. 

Unga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan boshlab “yevro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni ishga tushirish man etiladi. 

Shuningdek, ekologik toifadagi quyidagi motor yoqilg‘ilarini “vaqtincha olib kirish” va “erkin muomala (import) uchun chiqarish”, bojxona rejimiga joylashtirish taqiqlanadi:

- 2022-yil 1-yanvardan boshlab “yevro-3”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isi;

-  2023-yil 1-yanvardan boshlab esa “yevro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isi.

Bu haqda “O‘zbekneftegaz” AJ matbuot xizmati xabar qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech