09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,7 °C

Mamlakatimizda
22 Iyul  2019 678

Dam olish kunlari “pasport stoli”larida qancha fuqaroga xizmat ko‘rsatildi?

Respublikamiz aholisiga qulaylik yaratish maqsadida, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari biometrik pasport hamda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish yuzasidan hujjat topshirish va tayyor biometrik pasportlarni egalariga tarqatish uchun haftaning dam olish kunlari ham ishlashi xabar qilingandi.

Xo‘sh, dam olish kunlari qancha fuqaroga xizmat ko‘rsatildi?

Respublika ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari tomonidan joriy yilning 20-iyul shanba kuni 5066 nafar fuqarolardan biometrik pasport va xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish yuzasidan hujjatlar qabul qilindi. Shuningdek, 4807 nafar fuqarolarga biometrik pasport va xorijga chiqish biometrik pasportlari topshirildi.

21-iyul yakshanba kuni esa 528 nafar fuqarolardan biometrik pasport va xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish yuzasidan hujjatlar qabul qilinib, 1982 nafar fuqarolarga biometrik pasport va xorijga chiqish biometrik pasportlari topshirildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma'lum qiladi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi ish kunlaridan tashqari dam olish kunlari xizmat ko‘rsatish kelgusi haftalarda ham davom ettirilishini ma'lum qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech