17 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,4 °C

Agrosеktor
8 May  2019 950

Parrandachilikni rivojlantirishda xalqaro hamkorlik kengaymoqda

“Parrandasanoat” uyushmasi rahbariyati Ukraina hamda Qozog‘iston parrandachilik texnologiyalari va ozuqalarini yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Parrandachilik sohasini raqobatbardoshligini ta'minlashning muhim omillaridan biri – soha korxonalarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini yanada kengaytirish hisoblanadi.

Uyushma mas'ullarining Ukrainaga tashrifi chog‘ida ayni masalaga e'tibor qaratildi.

Jumladan, parrandachilik uskunalari ishlab chiqaruvchi “Texna” kompaniyasining Kuzatuv kengashi a'zolari bilan muzokara o‘tkazildi. Uchrashuv chog‘ida parranda mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash uchun zarur bo‘ladigan asbob-uskuna, jihoz va mexanizmlarini ishlab chiqarishni O‘zbekistonda hamkorlikda tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Ta'kidlash kerakki, “Parrandasanoat” uyushmasi tarkibida faoliyat ko‘rsatayotgan parrandachilik xo‘jaliklari ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash sohani yanada rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Shu bois uyushma tomonidan mazkur yo‘nalishda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yaqinda uyushma ijrochi direktori Jahongir Usmonov boshchiligidagi bir guruh mutaxassislar Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib, qo‘shni davlatda mazkur yo‘nalishdagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi, tajribasini o‘rgandi.

Tashrif davomida, xususan, Qozog‘iston Respublikasining parranda ozuqalarini yetkazib beruvchi “Altyn zher Kazakhstan” kompaniyasi rahbari Yergen Janarbayev bilan muzokara o‘tkazildi.

Qozog‘istonlik tadbirkorlar O‘zbekiston parrandachilik xo‘jaliklari bilan ozuqa mahsulotlarini yetkazib berishdan manfaatdor ekanliklarini ma'lum qildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech