19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

Yashil sayyora
10 Oktyabr  2019 458

“Urung‘och” ko‘li va unga tutash hududlar tabiat yodgorligi deb e'lon qilindi

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘ining ayrim tabiiy hududlari va ob'ektlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (08.10.2019 y.).

Qarorga muvofiq, “Urung‘och” ko‘li va unga tutash hududlar davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e'lon qilindi.

Mazkur yodgorlik Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligining bir qismi hisoblanadi va ushbu xo‘jalik tomonidan yerlari olib qo‘yilmasdan va ob'ektga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi har qanday faoliyatni taqiqlagan holda boshqariladi.

Qarorga ko‘ra, “Urung‘och” tabiiy ko‘li va unga tutash hududlarni o‘zgartirishlarsiz saqlash, tog‘ ekotizimi o‘simlik va hayvonot dunyosini qayta tiklash va takror ko‘paytirish “Urung‘och” davlat gidrologik tabiat yodgorligining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi mas'ul organ etib belgilandi.

2020-yil 1-martgacha tabiiy ob'ektlar va komplekslar, shu jumladan, yoshi 100 va undan oshgan daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech