06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,7 °C

Turizm
4 Fevral  2019 1983

O‘zbekistonni jahonga tanitishning antiqa usuli

«Buyuk Kelajak» eksperti, Ottavadagi World Culture Open tashqi aloqalar va hamkorlik bo‘limi direktori, madaniy va ommaviy san’at (pablik-art) loyihalari prodyuseri va “I am from Uzbekistan (Men O‘zbekistondanman)” muallifi Kseniya Soy xorijliklarga o‘z yurti haqida qanday so‘zlab berish yo‘lini o‘ylab topdi.

Kseniya Soy o‘z hikoyasiga tagso‘zlar yozilgan ajoyib suratlarni ilova qilgan holda qiziqarli bir uslubni qo‘llagan. Mazkur g‘oyani amalga oshirishga xorijliklarning O‘zbekiston haqida doimiy so‘rovlari turtki bo‘ldi. Muallif al.fergani taxallusi ostida yurtimizning urf-odatlarini afsonalar bilan boyitgan holda so‘zlagan. Xususan, u Buxoroni Nasriddin Afandi, Samarqandni esa «Ming bir kecha» ertagi qahramoni Shahrizoda bilan bog‘laydi. Bunda ulug‘ olim al-Xorazmiy ham yodga olingan.

O‘zbeklarning mehmondo‘stligi haqida so‘z yuritar ekan, K.Soy taklif etilgan bir piyola choyni rad etmaslikni tavsiya qiladi. «O‘zbekistonda bo‘lganingizda, albatta u yerning nonidan totib ko‘rishni unutmang, zero, bu nonlarni boshqa hyech bir pishiriqlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi», deb maslahat beradi muallif.

Shuningdek, muallif hazilga yo‘yib, O‘zbekiston aholisi qonining 95 foizini tarvuz suvi tashkil etadi, deb aytgan. U bu bilan mamlakatdagi mevayu sabvazotlardan tashqari, albatta tarvuzga ham befarq bo‘lmasliklariga shama qilgan. K.Soy ushbu mevaning o‘ziga xos ta'mini hududning joylashuvi va ob-havo sharoiti bilan bog‘lagan.

Muallifning va’da berishicha, kelajakda ushbu noodatiy loyihadan atlasning turlari, do‘ppilar, Navro‘z bayrami va mamlakatning boshqa farqlanib turuvchi jihatlari haqidagi ma’lumotlar o‘rin oladi.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech