15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Mamlakatimizda
5 Noyabr  2019 327

O‘zbekistonlik rektor global konfederatsiya ijro qo‘mitasiga a'zo bo‘ldi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektori O‘ktam Umurzoqov Qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari assotsiatsiyalari Global konfederatsiyasi (GCHERA) Ijro qo‘mitasiga a'zo sifatida qabul qilindi, deb xabar qiladi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati. 

Bu bo‘yicha qaror shu yilning 28-oktabr kuni Xitoyning Nankin shahrida bo‘lib o‘tgan GCHERA Bosh assambleyasida qabul qilindi.

Institut rektori boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga safari davomida XXRning Shimoli-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti bilan muzokara o‘tkazdi hamda TIQXMMI o‘quv xo‘jaligi qoshida Xitoy-O‘zbek Suv tejovchi qishloq xo‘jaligi ilmiy texnologik parkini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Ushbu ilmiy texnologik park O‘rta Osiyoda Xitoy-O‘zbek hamkorligining ilk modeli bo‘lib, qishloq xo‘jaligi fanlari va texnologiyalari, innovatsiya hamda ishlanmalarni tatbiq etish bo‘yicha muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, institut rektori O‘ktam Umurzoqov CASCADE ijrochi kotibi, Alim Po‘latov va SuperMap Software vitse-prezidenti Du Chinge xonim ishtirokida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ushbu hamkorlik o‘zbekistonlik talabalarga O‘rta Osiyoda SuperMap dasturlarining litsenziyalangan turidan birinchilardan bo‘lib foydalanish hamda ular yordamida o‘z malakalarini oshirish imkonini beradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech