19 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,6 °C

Kеyingi avlod
18 Iyul  2019 369

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Singapur Xalqaro matematika olimpiadasida sovrindor bo‘ldi

Singapurda tashkil etilgan Xalqaro matematika olimpiadasida Singapore International Math Olympiad Challenge (SIMOC) mamlakatimiz o‘quvchilari sovrinli o‘rinlarni egalladi, deb xabar beradi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu Xalqaro matematika olimpiadasida Bolgariya, Vetnam, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Kamboja, Xitoy, Laos, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Myanma, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, AQSh, Tailand, O‘zbekiston va Filippin mamlakatlaridan mingdan ziyod o‘quvchi ishtirok etdi.
Mazkur olimpiadada Toshkent shahrining “Lider” va “Genesis” hamda 50-, 159-, 71-maktablaridan 24 nafar o‘quvchi qatnashdi. 
Tanlovning saralash bosqichlarida ishtirokchilar matematik muammo va jumboqlarni yechishdi. Olimpiadaning final bosqichida  g‘oliblar aniqlandi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, mamlakatimiz vakillariga bitta oltin (S.Hojjaboeva), beshta kumush (N.Ahmadxodjaev, A.Aripov, R.Halperin, B.Zakirov, A.egamberdiev) va oltita bronza (S.Rahmatullaeva, A.Aripov , N.Kan, Sh.Husnulin, V.Galperin, M.Rahmonberdiev) medallari topshirildi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimida O‘zbekiston, Vetnam, Kamboja, Tailand va boshqa mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbar hamda vakillari ishtirok etdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech